Huawei 1
Birjada bir haftada 47 363 ta bitim tuzildi, un, texnik chigit va karbamid narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 26-may – 1-iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 47 363 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 7,3% ga kamdir. Ularning 44,9% birja savdolariga, qolgan 55,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 149,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 381 ta avtoraqamlar sotildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 21 254 ta bitim tuzildi.

Un

Birja savdolariga 56 800,0 tonna un qo‘yildi va uning 12 825,0 tonnasi, yaʼni 22,6% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 130 nafar xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 589,8 ming so‘mdan 3 443,6 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 565,0 tonnani tashkil qildi.

Texnik chigit

Birja savdolari orqali 20 259,0 tonna texnik chigit sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 10 nafar xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 4 052,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigitning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 6 628,5 ming so‘mdan 6 324,5 ming so‘mgacha pasaygan.

Karbamid 

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 25 791,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 17 079,0 tonnasi, yaʼni 66,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 051 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 884,8 ming so‘mdan 3 860,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60420 | Инструменты