Huawei 2
«Atlas Party» liboslar targ‘ibot tadbirida qatnashgan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi

Joriy yilning aprel oyida «Zamonaviy ayollar» klubi tomonidan «Atlas Party» nomli milliy liboslar targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan va tadbirdan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.

Ushbu lavhalarga nisbatan nomaʼlum erkakning mazkur targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obro‘sizlantiruvchi haqoratli so‘zlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shu sababli, mazkur holat yuzasidan «Atlas Party» tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun ariza bilan murojaat qilishdi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs 1988 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro M.D. ekanligi aniqlandi.

2024 yilning 23 aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etildi hamda u o‘zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ‘ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatganligi taʼkidlab o‘tdi.

Ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») asosida M.D. ga nisbatan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga