Huawei 2
AQSH O‘zbekiston Bojxonasiga ST-40 ko‘rik majmuasini topshirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga AQSHning Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida 50 dona ST-40 ko‘rik majmuasini topshirdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.Bojxona qo‘mitasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ST-40 ko‘rik majmuasini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan.AQSH elchisi J.Xenik ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, AQSH elchixonasi Bojxona qo‘mitasi uchun dolzarb va ustuvor hisoblangan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini qayd etdi. AQSHning Qurolsizlantirish va ularning tarqalishini oldini olish fondi loyiha boshqaruvchisi D.Xirsh esa kelgusida Bojxona qo‘mitasi uchun zarur bo‘lgan uskunalarni tanlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish mumkinligini bildirdi.

Uchrashuvda joriy yilning 18-19 aprel kunlari Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida AQSHning EXBS dasturi tomonidan Bojxona qo‘mitasi xodimlari uchun ST-40 ko‘rik majmuasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazilishi rejalashtirilib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga