Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmai bilan hamkorlikda sintetgik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan yirik narkolaboratoriya faoliyati fosh qilindi.
O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oldindan kuzatuvga olingan shasx to‘xtatilib, tekshirilganida uning yonida 2 ming so‘mlik kpyuraga o‘ralgan holatda 0,13 gr. gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlanadi.
Aslida tezkor tadbirni shu bilan yakuniga yetkazish mumkin edi. Ammo, qonunbuzarlik jarayonlarini ildiziga yetib borish va to‘liq bartaraf etish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent katta xalqa yo‘lining Zangiota tumanidan o‘tuvchi qismidagi yo‘l chetida joylashgan ombor ko‘zdan kechirildi.
Natijada bu yerda 5 dona metal va yelim idishlarda muqaddam xorijiy davlatlardan olib kelingan va sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan 900 litr prekursor saqlanayotganligi aniqlandi.
Kalavaning uchi tezkor xodimlarni Andijon viloyati sari yetakladi.
Tezkor tadbirda yana 2 nafar shaxs shubha ostiga olinib, yashirin kuzatilganida ular turli manzil havolalar bo‘yicha ko‘mib qo‘yilgan 100 litr suyuq va 25 kg. kukun ko‘rinishidagi prekursorlarni yashirilgan joyidan olib, Andijon shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi davla hovliga olib borishadi.
Tezkor tadbir davomida ushbu dala hovli ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda yashirin narkolaboriyatori tashkil qilingani fosh bo‘ldi.
Dala hovlida muqaddam turli yo‘llar bilan olib kelingan taxminan 26 kg. og‘irlikdagi “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, nomaʼlum kimyoviy suyukliq shaklidagi 5 turdagi 590 litr prekursorlar saqlanayotganligi aniqlandi.
Dastlabki tekshiruvlar davomida maʼlum bo‘lishicha, ushbu 2 nafar shaxs itimoiy tarmoqlardagi “Saymon” laqabli moliyaviy rahnamosi ko‘magida 15800 AQSH dollariga ushbu dala hovlini sotib olishgan va narkolaboratoriya tashkil qilishgan.
Shunday qilib, o‘tkazilgan keng qamrovli va ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar yakunida 26 kg. og‘irlikdagi “mefedron” hamda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan salkam 1,5 tonna prekursorlar va kimyoviy suyuqliklar, turli maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz yil boshidan buyon respublikamiz bo‘ylab bojxona organlari tomonidan 200 kg. dan ziyod anʼanaviy va sintetik giyohvandlik vositalari, 27 kg. psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21221 | Инструменты