Huawei 2
«Adolat» SDP: istirohat bog‘lari xalqniki bo‘lishi kerak!

Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Abdulla Qodiriy» va «Do‘stlik» («Bobur») bog‘larini rekonstruksiya qilish maqsadida BMP Smart Decision Management O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasiga 49 yil muddatga, har bir istirohat bog‘iga kamida 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga berib yuborilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va jamoatchilikning turli muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Mazkur masala yuzasidan «Adolat» SDPning mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan bog‘larda o‘rganishlar olib borilmoqda. Bu haqda partiya matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Partiya o‘rganishlari davomida hokimlik vakillari bog‘lar hududini himoya qilishga katta e’tibor qaratayotganini bildirib, har ikkala bog‘ yer maydonida ham hokimlik roziligisiz qurilish ishlari olib borilmasligini ma’lum qildi.  

Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida «Adolat» SDP jamoatchilik muhokamalaridan o‘tkazilganidan so‘ng istirohat bog‘larini ijaraga berish hamda ushbu ishlarni ochiq va oshkora amalga oshirish lozim deb hisoblaydi. Bu jarayonda xalq deputatlari Kengashining ham fikrini olish maqsadga muvofiq.  

Shu bilan birga, barcha qurilish va rekonstruksiya ishlari jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil etilishi, doimiy jamoatchilik nazoratda bo‘lishi va albatta, daraxtlarga ziyon yetkazilmasligi lozim.

Shuningdek, partiya o‘z munosabatida Toshkent shahar hokimligini bu kabi jamoatchilik uchun muhim masalalarda qarorlar qabul qilishdan oldin jamoatchilik fikrini o‘rganish va inobatga olish, barcha tashkiliy jarayonlarni ochiq-oshkora amalga oshirishga chaqirib qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga