Ijtimoiy tarmoqlarda bir qator chegara bojxona postlarining tugatilayotganiga doir noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi.
Aslida, prezidentning 2025 yil 17 dekabrdagi PF-250 son farmoni bilan 6 ta bojxona posti va punktida sinov tariqasida 2026 yil 31 dekabrga qadar avtotransport vositalarining ko‘zdan kechiruvi chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Bu ushbu bojxona postlari tugatilishini anglatmaydi. Aksincha, bir birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillari chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi.
Ushbu chegara bojxona postlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11105 | Инструменты