Huawei 1
21-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi

Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan, Hindistonning Dehli shahri 3-pog‘onada.

2024-yil O‘zbekistonda eng issiq yoz bo‘ladimi?

"O'zgidromet" xizmatining ma'lum qilishicha, O'zbekistonda kelayotgan yoz fasli odatdagidek issiq bo'lishi kutilmoqda. Toshkentda havo harorati +40 darajagacha ko'tariladi. Issiq yoz O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa.

Yangiobod tuman hokimi o‘rinbosari 10 yilga qamaldi

U 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan edi.

Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash yanada jadallashtiriladi

Qarorga ko'ra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun to'lovlarning 25 foizini bo'nak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan so'ng 90 kun ichida to'lashga ruxsat beriladi.

DXX: Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Xiva xonligi va Buxoro amirligi davriga oid tangalarni $5000 ga sotmoqchi bo'lgan fuqaro ushlandi

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekistonda yanvar oyida 836 ta "Onix" avtomobili ishlab chiqarildi

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo'yicha ma'lumot berdi.

Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to'g'ridan to'g'ri sudga shikoyat qilish mumkin

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to'g'ridan to'g'ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

Italiyaning "Original Marines" kompaniyasi O'zbekistonda bolalar uchun kiyim ishlab chiqaradi

"Original Marines" va O'zbekiston ishlab chiqaruvchi hamda eksportchi korxonalari o'rtasida o'zaro manfaatli biznes aloqalarini o'rnatish, xususan bolalar uchun tayyor kiyim ishlab chiqarish bo'yicha buyurtmalarni joylashtirish masalasida kelishuvga erishildi.

Toshkent dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniriga mezbonlik qiladi

1-3-mart kunlari Toshkent dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniriga mezbonlik qiladi. Ayni paytga kelib turnirda ishtirok etish uchun 69 mamlakatdan 450 nafarga yaqin sportchi roʻyxatdan oʻtdi.

Olmaliqda tom qulashidan jabr ko‘rgan hindistonlik ishchilar haqida maʼlumot berildi

Xabar berilishicha, hindistonlik jabrlangan ishchi-xodimlar uchun tezkor tibbiy yordam tashkil etish ishlariga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ilmiy markaz rahbarlari jalb etilgan.

Korrupsiya xavfi sababli 2 milliard 374 million so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

Ushbu davlat xaridlarida qatnashgan tadbirkorlarning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va aʼzolari foydalangan qurilma orqali elektron platformaga yuklangan.

Britaniyalik investorlar O'zbekistonning telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritmoqchi

Biyi Oloko O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan "Uztelekom" tasarrufidagi mobil aloqa minoralarini xususiylashtirish hisobiga aloqa bozorida yangi tijorat tizimini yaratish istagida hamda bu loyihaga 10 million dollar sarmoya kiritishga tayyor.

"Monya" taxallusi bilan tanilgan ayol Turkiyadan O'zbekistonga deportatsiya qilindi

U O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida aylanib, 13-fevral kuni qo‘lga olingan edi.

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalari tegishli tartibda boshqa oliy ta'lim tashkilotiga koʻchiriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Namangan xalqaro universiteti oʻrganilganda universitetning oliy taʼlim xizmatlarini litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklar qayd etildi.

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki bolani Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha harakatlar boshlandi

Avvalroq, o‘zbekistonlik ayolning ikki bolasi Rossiyada qarovsiz qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki bolani Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha harakatlar boshlandi

Avvalroq, o‘zbekistonlik ayolning ikki bolasi Rossiyada qarovsiz qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni har 100 ming nafar ayoldan 11 nafarida uchraydi

JSST ayollarga bachadon bo‘yni saratoniga chalinmasliklari uchun 25-49 yosh davrlarida har 3 yilda, 50-64 yosh davrlarida esa har 5 yilda skrining tekshiruvlaridan o‘tib turishlarini tavsiya etadi.

Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq go’shti to'xtatib qolindi

Qoidabuzarga qonuniy tartibda javobgarlik belgilandi.

Poytaxtda "kottej sotamiz" deb aldab, 27 mlrd so’m o’zlashtirganlar aniqlandi

Shuningdek, ayblanuvchining xorijdagi kriptobirjalardagi hisob raqamida 222 ming dollarga teng kriptovalyuta borligi aniqlangan va muzlatib qo’yilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты