2021/2022 o'quv yilidan kontrakt asosida davlat OTMga kirgan boquvchisini yo'qotgan qizlar davlat OTM hisobidan o'qitiladi

2021/2022 oʻquv yilidan bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat OTMga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat OTM hisobidan oʻqitish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, xorijning nufuzli taʼlim muassasalariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari asosida oʻqishga yuboriladigan stipendiatlar orasida xotin-qizlar ulushi kamida 20 foizga koʻpaytiriladi.

Tegishli kasb-hunar taʼlim muassasalarining boʻsh turgan qismi tadbirkorlarga 30 yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga beriladi.

Unda xotin-qizlar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 3 oy mobaynida ularga berilgan boʻsh turgan binolarning ijara toʻlovlari BHMning 10 baravarigacha (2 mln 450 ming soʻmgacha) miqdorda toʻlab beriladi.

Boʻsh turgan binolarni 1 yilgacha muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

 

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120812 | Инструменты