Huawei 1
1-iyuldan yuridik shaxslar elektr va gaz uchun to‘lovlarni 100% oldindan amalga oshiradi

Avvalroq hukumat qarori bilan 1-maydan aholi uchun elektr va gaz tariflari oshirilib, energiya iste’molining ijtimoiy standartlari o‘rnatilishi belgilangan edi. Shu bilan birga, biznes uchun narxlar o‘zgarishsiz qoldi. Biroq, hukumat qarorida aniqlik kiritilishicha, yuridik shaxslar 1-iyuldan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni 100% oldindan amalga oshiradi.

“O‘zenergoinspeksiya” “Hududiy elektr tarmoqlari” hamda “Hududgazta'minot” bilan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kuchaytirilishini ta’minlashi belgilanmoqda.

Energetika vazirligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qo‘mitasi bilan bir oy muddatda ko‘mirning ulgurji va chakana narxlarini bozor tamoyili asosida shakllantirish bo‘yicha takliflarni kiritadi.

Bosh prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan ikki oy muddatda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni joriy etish hamda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish uchun belgilangan tariflarga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash to‘g‘risidagi takliflar ishlab chiqadi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi tomonidan energiya tejamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun hukumatga kiritadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga