Huawei 1
G7 davlatlari 2035-yilgacha ko'mirdan voz kechish bo'yicha kelishuvga erishdi

Yettilik guruhi (G7) mamlakatlari energetika vazirlari 2030-yillarning birinchi yarmigacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdilar. “Texnik kelishuv bor”, dedi Italiya energetika vaziri Gilberto Pichetto-Fratin 29-aprel, dushanba kuni Turindagi uchrashuvda.

Yakuniy kelishuv 30-aprel, seshanba kuni imzolanishi kerak. Keyin iqtisodiyotni karbonsizlantirish bo'yicha batafsil reja e'lon qilinadi. Katta yettilik davlatlari 2023-yilda ko‘mir elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘xtatishga kelishib olgan edi, biroq davlatlar umumiy sana bo‘yicha kelisha olmadilar.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga