«O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida qator yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxi oshirilishini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektr poyezdlari va «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15 foizga ko‘tariladi.
Xususan, «Afrosiyob» uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent – Buxoro
Toshkent – Qarshi
Toshkent — Samarqand
Kompaniya «Afrosiyob» narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlari ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektr poyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilayotganini qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11620 | Инструменты