Huawei 1
Xusrav Noziri Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi sifatidagi missiyasini yakunladi

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Doimiy vakillari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etdi

Tadbirda, shuningdek, IHT bosh kotibi Xusrav Noziri, Turkiya elchisi Hisabi Kirlangich, Ozarbayjon elchisi Ali Alizade, Qirg'iziston elchisi Turdakun Sidikov, Qozog'iston elchisi Ontalab Onalbayev, Tojikiston elchisi Nizomiddin Zoxidi hamda Pokiston va Turkmaniston vakillari qatnashdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziri yig'ilishning ochilish qismidagi nutqida tashkilot bosh kotibi sifatidagi missiyasi o'z nihoyasiga yetganini ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, IHT yangi bosh kotibi, Pokiston vakili Asad Majid Xan o'z vazifasiga kirishguniga qadar tashkilot bosh kotibi o'rinbosari Kashif Zamon tuzilmaga rahbarlik qiladi.

IHT bosh kotibi o'z nutqida 2023-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti Toshkentda yuqori saviyada o'tkazilganini alohida ta'kidlab, O'zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

So'zga chiqqanlar Xusrav Nozirining IHTga rahbarligi davomida ikkita sammit va uchta tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi muvaffaqiyatli o'tkazilgani qayd etildi.

Mamlakatimiz elchisi, o'z navbatida Xusrav Noziriga uch yillik faoliyati davomida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan IHT doirasida ilgari surilgani tashabbuslarni qo'llab-quvvatlagani, ularni hayotga tatbiq etishda ko'rsatgan yaqin ko'magi uchun minnatdorlik izhor etdi va davlatimiz rahbariyati nomidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91406 | Инструменты