Huawei 1
O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynida vizasiz kirishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynida vizasiz kirishlari mumkin. Eron fuqarolari O‘zbekistonga kirishi uchun elektron viza olishlari kerak bo'ladi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxonov Uzreport.news manbasiga ma'lum qildi. 

"Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish masalasi muhokama qilinayotgan bo‘lishi mumkin, bu kabi muzokaralar juda ko‘p mamlakatlar bilan amalga oshirilmoqda. Biz, avvalo, O‘zbekiston fuqarolari uchun chetga vizasiz borish imkoniyatini kengaytirishga harakat qilmoqdamiz", deya ta'kidladi TIV vakili.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston fuqarolarining AQSHga viza olishi yengillashtirilishi haqida xabar bergan edik. Qarorda Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish belgilangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62618 | Инструменты