Huawei 1
Rejissyor Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Jahongir Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shoʻbasi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.

U rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61309 | Инструменты