Huawei 1
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni imzolandi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

Abdulloyev Kamol Talatovich - Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich - Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich - «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi

Xashimov Zafar Kamilevich - Toshkent shahridagi «Anglesey Food» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni bilan

Raxmanberdiyev Gappar - Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Artikxodjayev Jaxongir Abidovich - Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdurayimov Boxodir Tursinovich - Chortoq tumanidagi «Chartak Mineral Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Bobojonov Dilshod Maxmudovich - Shofirkon tumanidagi «Leichter Kamalak Textilien» qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich - arkent tumanidagi «Meridian Tempo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi «N'medov» kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abbosxo‘jayev Azizxo‘ja Avazxo‘ja o‘g‘li - Olmazor tumanidagi «Grand Pharm Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri 

Abidov Temur Tashtemirovich - Shahrisabz shahridagi «Shakhrisabz Med Center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Zokirov Farxodjon Latipovich - Xo‘jaobod tumanidagi «Xo‘jaobod Fayz-M» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Kasimbayeva Madina Anvarovna - Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, Toshkent shahri

Kurdiani Nikoloz - «TBC Uzbekistan» banki bosh direktori

Maxmudov Murabit Adilxanovich - Zomin tumanidagi «Zomin Brewery» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati

Nasirov Murod Rashodovich - Chilonzor tumanidagi «Group of Navbahor» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Sadikov Rustam Nasirovich - Chilonzor tumanidagi «Tarleplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Saliyeva Palzada Jiyenbayevna - Kegeyli tumanidagi «Arzio‘» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rayev Zafar Suyunovich - Urgut tumanidagi «SXF Big Stroy Building» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Ergashev Shuxrat Sharipovich - Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Samarqand viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich - Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Akramov Murod Ikramovich - Zangiota tumanidagi «Technologies of Real Time» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Aliyev Shuxratbek Erkinovich - Asaka tumanidagi «Baraka hamkor parranda» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Amonov Muxtar Raxmatovich - Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Babakulova Yulduz Abdugaffarovna - Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Botirov Akram Gafurovich - Davlatobod tumanidagi «Interior Mega Max» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Burxanxodjayev Saidazim Vaxidovich - Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi «ITF Group LLC» logistika kompaniyasi ijrochi direktori

G‘oziyeva Dilnoza Axmadjanovna - Yunusobod tumanidagi «Perfect Design Arh» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Jalolov Elyorjon Madaminovich - Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati

Ilxomov Shuxrat Sharifovich - Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Karabayev Muzaffar Maxamadaliyevich - «Datasite Technology» va «SiteLabs» kompaniyalari asoschisi

Kerimbayev G‘ayratdin Umarovich - To‘rtko‘l tumanidagi «115-To‘rtko‘l avtokorxonasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Komilov Nasimjon Qobiljonovich - Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Kosimov Sayot Salimovich - Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Qodirov Muzaffar Muxitdinovich - Yashnobod tumanidagi «MEP Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Mamutova Maxira Aminaddinovna - Nukus shahridagi «Good Cafe» oilaviy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Mahmatmurodov Sherzod Beknazarovich - Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Numanova Olga Leonidovna - «InFinBank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Rajabov Botir Jo‘rayevich - Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Rustamov Ulugbek Shaxzodovich - Toshkent shahridagi «Click» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Saidkamalov Noxid Nasirjanovich - Andijon shahridagi «Grand Tehnolog» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Safarov Mirjamol Abdisamatovich - Qarshi shahridagi «Qashqadaryo maxsus montaj servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Sultanmuratova Gulnora Urunovna - Urganch shahridagi «Star Kids Plus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich - Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Xakimov Mirxayot Mirxamidovich - Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Xamidova Zarina Istamtoshevna - Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati

Xikmatov Furkat Shuxratovich - Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Xodjayev Jasurbek Majidovich - Toshkent shahridagi Inha universiteti professori

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты