Huawei 1
Poytaxtdagi elektr taʼminotidagi muammolar bo‘yicha energetika vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Toshkent shahrida elektr energiyasi taʼminotida so‘nggi paytlarda uzilishlar ko‘paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr taʼminotidagi 3–4 soatlik uzilishlar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bildirilmoqda. Ushbu uzilishlar nafaqat fuqarolarning kundalik turmush tarziga, balki tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining barqaror ishlashida ham muammolar yuzaga kelmoqda.

Xususan, svetoforlar faoliyatidagi uzilishlar transport harakatini tartibga solishda qiyinchilik tug‘dirmoqda, bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish va savdo obyektlarida sovutish tizimlarining ishdan chiqishi natijasida yirik moliyaviy zararlar yuzaga kelayotgani, xonadonlarda esa maishiy texnika vositalarining ishdan chiqishi holatlari aniqlanmoqda.

Maʼlumot uchun, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 39-moddasiga ko‘ra, elektr energiyasi isteʼmolchilari sifatli va barqaror elektr energiyasini olish huquqiga ega. Shuningdek, ushbu Qonunning 61-moddasida taʼkidlanishicha, taʼminotni to‘xtatish yoki cheklash faqatgina baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan tegishli tushuntirishlar berish  maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov nomiga senator so‘rovi yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты