Huawei 1
O'zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi ochildi

Toshkentdagi "Yashil" universitetda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi ochildi. 

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, Ittifoqning Toshkentdagi vakolatxonasi mintaqadagi beshta davlatga xos ekologik muammolarni har tomonlama o'rganish bilan shug'ullanadi. Ofis o'z faoliyati doirasida ushbu davlatlar hukumatlariga ekologik oqibatlarning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi.

– Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining mintaqaviy vakolatxonasi nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatida ekologik loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashadi. Bundan tashqari, u olimlar va tadqiqotchilar o'rtasida tajriba almashish maydonchasiga aylanadi, – dedi O'zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi mintaqada qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, "Blue Peace Central Asia 2.0" dasturi doirasida tashkilot suv diplomatiyasini rivojlantirishga ko'maklashish va transchegaraviy suv havzalarining ekologik holatini yaxshilash niyatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60609 | Инструменты