Huawei 2
O'zbekistonda OTB hamkorligida transport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi

24-aprel kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Osiyo taraqqiyot bankining transport sektori bosh direktori Xiroaki Yamaguchi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O'zbekistonda bank ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Xiroaki Yamaguchi bugungi kunda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar portfeli salmog‘i juda keng ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bois mamlakatimizdagi loyihalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan ikki vakil Toshkent shahrida doimiy faoliyat olib borishi uchun ajratilganini ma’lum qildi.

Suhbat davomida transport sohasini raqamlashtirish, situatsion markaz yaratish, pullik yo‘llarni boshqarish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ kompaniyasi vakillari tomonidan O'zbekiston hududiy aeroportlarini rivojlantirish va DXSh asosida foydalanish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga