Huawei 2
O'zbekiston va Vengriya o'rtasida muhim hujjatlar imzolandi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

"Qadrli hamkasbim, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto janoblari bilan Tashqi ishlar vazirligida uchrashishdan xursandmiz. O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi ko'p qirrali strategik sheriklik kun tartibi yanada boyib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvimizda ikki va ko'p tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarimizni yanada faollashtirish yo'llarini muhokama qildik. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to'g'risida hukumatlararo Anglashuv memorandumi hamda Vazirliklarimiz o'rtasida 2024-2026-yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik", – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining Telegram kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga