Huawei 1
O'zbekiston bilan Pokiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi

Joriy yilning 24-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Pokistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruq bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning joriy holati va yangi istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro savdoni kengaytirishning qoʻshimcha imkoniyatlari muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada oshirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Kelajakdagi asosiy vazifalar qatorida 2024-yil oxirigacha Oʻzbekiston va Pokiston Hukumatlararo qoʻshma komissiyasining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish va uning doirasida “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasini tashkil etish kiradi. O‘z navbatida, joriy yilning iyun oyida Toshkentda “Made in Pakistan” ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakuniga koʻra, investitsiya va transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma ishlarni faollashtirish chora-tadbirlari ham kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga