O‘tgan hafta Moskvada Rossiya muzokaralar guruhi bilan O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishining qolgan masalalari bo‘yicha kelishuvni ilgari surishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov LinkedIn‘da.
"Hozir muzokaralar deyarli yakunlandi: barcha muhim elementlar kelishib olindi va faqat bir nechta texnik jihatlar yakuniy tekshiruv va tasdiqlashni talab qiladi," - deb yozdi Azizbek O‘runov.
U iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Savdo muzokaralari departamenti direktori Yekaterina Mayorova, elchi Nikolay Platonov va butun Rossiya jamoasiga "asosiy so‘rovlar bo‘yicha aniqlik, shuningdek, butun jarayon davomida konstruktiv hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash uchun" minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston va Rossiya yakuniy natijani joriy yil dekabr oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon savdo tashkiloti Bosh kengashi yig‘ilishida taqdim etadi.
"Shundan so‘ng biz faqat Xitoy Taypeyi (Tayvan) bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlashimiz kerak," - deb yozdi prezident vakili.
Qayd etilishicha, shu hafta Azizbek O‘runov ikki tomonlama hamkorlik va JST doirasidagi o‘zaro aloqalarni ilgari surish maqsadida hamkasblari bilan uchrashish uchun Vashingtonda bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112515 | Инструменты