Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.
Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.
15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31509 | Инструменты