O‘zbekiston JSTga kirish yo‘lida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni yakunladi

Yevroittifoqqa a’zo 27 ta davlat bilan bozorlarga kirish, xususan eksport va import bojlari hamda xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar masalasida kelishib olindi, deya ma’lum qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov.

O‘tgan hafta Panama bilan ham muzokaralar yakunlangan bo‘lib, shu tariqa, JSTga a’zolik yo‘lidagi O‘zbekiston bilan muzokara boshlagan 34 ta a’zodan 31 tasi bilan kelishuvlarga erishildi.

“Mana endi rasman: JSTning 31 a’zosi bilan muzokaralar yakunlandi, faqat 3 tasi qoldi”, – deya yozdi Urunov LinkedIn sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JSTning 2026 yil mart oyidagi sammitida tashkilotga a’zo bo‘lib kirish maqsadini e’lon qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102515 | Инструменты