Huawei 1
O‘zatom va Rosatom O‘zbekistonda yirik AES qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zatom atom energetikasi agentligi va Rosatom davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda katta quvvatli AES qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar.

PXIF-2025 doirasida o‘tkazilgan hujjatlarni imzolash marosimida O‘zatom direktori Azim Axmedxo‘jayev va Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev ishtirok etdi. Hujjat O‘zbekistonda katta quvvatli AES qurish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlarini belgilaydi.

“O‘zbekistondagi kichik modulli elektr stansiyasi — bu zamonaviy kichik AESning dunyodagi birinchi eksport mahsulotidir. Hozirda biz loyihani kengaytirish ustida ishlayapmiz va ushbu hududda [Jizzax viloyatida — Spot izohi] gigavatt quvvatiga ega bo‘lgan yana ikkita yirik energiya blokini qurish ustida ish olib bormoqdamiz”, — dedi Lixachev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62022 | Инструменты