Prezidentning farmoyishi bilan Shuxratali Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shuxratali Imomov 1977-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʻlumoti oliy. U 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Shuxratali Imomov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.