Huawei 1
“Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar bosimi davom etmoqda” — O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi

Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosimlar davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida gapirdi, deb xabar beradi “TASS”.

"O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi va bu mintaqada tinchlik, xavfsizlik va ishonch makonini o‘rnatish bo‘yicha faol saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda, afsuski, mintaqa davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy manfaatlarini hisobga olmasdan, tanlashga undayotgan tashqi kuchlar bosimini boshdan kechirishda davom etmoqda", — deydi Mahmudov.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishi Sankt-Peterburgdagi “Ekspoforum”da bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga