Eron poytaxti Tehron shahri bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-chi yig‘ilishi doirasida transport vaziri Ilhom Maxkamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari va ularning natijalari, xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo, transport-logistika va turizm bo‘yicha keng hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama etishdi.
Shuningdek, IHTga a’zo davlatlarining mintaqa bo‘ylab samarali, xavfsiz va integratsiyalashgan transport tarmog‘ini qurish yuzasidan fikr almashildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60609 | Инструменты