Huawei 1
Ilhomjon Tursunaliyev Oʻzbekiston davlat sport akedemiyasi rektori lavozimiga tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Ilhomjon Tursunaliyev Oʻzbekiston davlat sport akedemiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Tursunaliyev 1971-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.1996-yil Farg‘ona davlat universitetini jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2006-2015-yillarda Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan respublika va xorijiy ilmiy jurnal hamda to‘plamlarida 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek  20 ga yaqin darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60505 | Инструменты