Huawei 1
BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston va Kongo tashabbusi bilan "O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi" rezolyutsiyasini qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy veb-saytida O'zbekiston va Kongo tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi" rezolyutsiyasi qabul qilinganiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi

Maqolada O'zbekistonning milliy, mintaqaviy va global miqyosda o'rmon va daraxt ekish masalalarini ilgari surishdagi yetakchi roli qayd etilgan.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda besh yil davomida bir milliard ko'chat o'tqazish ko'zda tutilgan "Yashil makon" umummilliy dasturi amalga oshirilmoqda. Ekilgan daraxtlar qum bo'ronlarini kamaytirish, ekotizimni yaxshilash va mahalliy aholi uchun daromad manbalarini yaratishga yordam beradi", – deyilgan nashrda.

Shuningdek, hujjatda O'zbekiston tashabbusi bilan 2024-yil avgust oyida Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlangan "Degradatsiyaga uchragan va qurg'oq hududlarda barqaror o'rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ'ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi" rezolyutsiyasi ham qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты