Amanbay Orinbayev Qoraqalpog'iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga saylandi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Sessiyada Qoraqalog'iston Oqsoqollar kengashi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi lavozimiga Amanbay Orinbayevning nomzodini tavsiya etishdi

Shundan so'ng, Prezident  Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini, shuningdek, hududni rivojlantirish borasidagi takliflarini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi.

Jo‘qorg‘i Kenges Raisini saylash masalasi ovozga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga saylandi.

"Amanbay Orinbayev adolat, sadoqat, halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilikni o‘z faoliyatining eng muhim mezonlari sifatida belgilab olib, saylangan lavozimida  Qoraqalpog‘iston ahliga sidqidildan xizmat qilishi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashi lozim", - deya ta'kidladi Prezident

Ma'lumot o'rnida, Amanbay Orinbayev hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlamoqda.

Bunga qadar esa u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21304 | Инструменты