Huawei 2
Timur Kapadze Qatardagi musobaqa uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 15-aprel – 3-may kunlari Qatarda o‘tadigan U23 Osiyo kubogi uchun 23 o‘yinchidan iborat ro‘yxatni eʼlon qildi. 

Ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan.

  • Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
  • Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Odilbek Abdumajidov (“Dinamo”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Mahmud Mahamadjonov (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”), Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”), Ahmadillo Muqumjonov (“Olimpik”);
  • Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov (“Olimpik”), Jasurbek Jaloliddinov (“Neftchi”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”), Behruz Asqarov (“Paxtakor”), Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
  • Hujumchilar: Ulug‘bek Hoshimov (“Surxon”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Husayn Norchayev (“Neftchi”), Ruslanbek Jiyanov (“Navbahor”), Alisher Odilov (“Olimpik”), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (“Paxtakor”).

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, hozirda legioner futbolchilarimizni  musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etmoqda. Shu bois ro‘yxat turnir yakunigacha o‘zgarishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga