Huawei 2
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Kuvaytni tor-mor etib, muddatdan avval keyingi bosqichga yo‘l oldi

Osiyo kubogi U23 2-turi doirasidagi D guruhida o‘tkazilgan ikki uchrashuvdan so‘ng pley-offga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston olimpiya jamoasi "Al-Janub" stadionida Kuvaytga qarshi o‘tgan uchrashuvda yirik hisobda zafar quchdi. Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchayev tomonidan kiritilgan gollar Temur Kapadze jamoasiga yirik hisobli g‘alabani keltirdi – 5:0. Norchayev 90+4-daqiqada yana bitta penaltidan foydalana olmadi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Vetnam Malayziyadan ustun keldi – 2:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston va Vetnam 2-turdan keyin 6 ochkodan to‘plab, muddatdan avval chorakfinal yo‘llanmasini naqd qildi. Vakillarimiz 3-turda 23 aprel kuni Vetnamga qarshi maydonga tushib, birinchi o‘rin masalasini hal qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga