Huawei 1
O‘zbekistonlik hakamlar boshqargan OCHL o‘yinida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Chjeszyan” — “Buriram Yunayted” uchrashuvida janjal yuz berdi.

Uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa futbolchilari va murabbiylari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan.

Mazkur uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bergan.

Uchrashuv inspektori xulosasiga ko‘ra, hakamlarning hamma qarorlari to‘g‘ri va bu janjalga ularning aloqasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy va Tailand klublari to‘qnash kelgan bahsda Chin o‘lkasi vakillari 3:2 hisobida zafar quchdi.

O‘z navbatida, OFK mushtlashuvda ishtirok etgan va janjalga sabab bo‘lganlarni jiddiy jazolashi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51121 | Инструменты