Huawei 1
O‘zbekiston-Qatar o‘yini uchun chiptalar offlayn sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.

O‘zbekiston FA xabariga ko‘ra, iTicket kompaniyasi va ӮFA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat oflayn savdo tartibini joriy etadi.

Chiptalar 3 iyundan boshlab “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi iTicket kassalarida oflayn tarzda sotiladi:

1. “Bunyodkor” stadioni (G‘ofur G‘ulom nomidagi sayilgoh tomonida, ikkinchi kassa “Chilonzor” metro bekati yonida)

10:00–20:00

2. “Paxtakor” stadioni (Alisher Navoiy nomidagi Kinopalase, (Panorama) tomonida joylashgan)

10:00–20:00

3. “Humo Arena”

10:00–20:00

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60611 | Инструменты