Huawei 1
“Lans” Abduqodir Husanovga U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishga ruxsat berdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Qatardagi U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqida “Championat Asia” xabar bermoqda.

Fransiyaning “Lans” klubi himoyachi Abduqodir Husanovni terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Futbolchi “Lans”ning “Klermon”ga qarshi o‘yinidan keyin Qatarga yo‘l oldi va Vetnam bilan uchrashuvga qadar terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. 

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi D guruhida 6 ochko jamg‘argan holda pley-off masalasini hal qildi. So‘nggi o‘yinda Timur Kapadze shogirdlari Kuvayt darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga