Huawei 1
JIDU va futbol akademiyasi ko'p qirrali hamkorlikka kelishib oldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda "Brooke House College Football Academy in Uzbekistan" futbol akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Marosimda JIDU o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori Durbek Amanov va futbol akademiyasining rasmiy vakili Shuhrat Ernazarov ishtirok etdi.

JIDU telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv davomida memorandumning maqsadi hamkorlik aloqalarini o'rnatish va talabalar o'rtasida futbolni ommalashtirishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishdan iboratligi ta'kidlandi.

Tomonlar akademiyaning professional va xalqaro murabbiylari tomonidan futbol bo'yicha mahorat darslarini tashkil etish, oliy o'quv yurtlari o'rtasida har yili o'tkaziladigan respublika futbol musobaqalariga JIDU talabalarini tayyorlashni qo'llab-quvvatlash, Angliyadagi "Brooke House" kollejida til kurslariga borish va o'qishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga