Huawei 1
JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston qiyin kechgan o‘yinda Qirg‘iziston ustidan g‘alabaga erishdi

Bugun, 10 sentabr kuni Osiyoda JCh-2026 hal qiluvchi 3-saralash bosqich 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Bishkekda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida «Dinamo» hujumchisi Joel Kojo hisobni ochib, qirg‘izlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyingi hujumdayoq Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi – 1:1.

35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov stadionni ikkinchi bor larzaga keltirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Bo‘lim yakunida esa Sherzod Nasrullayevning uzatmasini Husniddin Aliqulov bosh bilan golga aylantirdi – 2:2.

Ikkinchi bo‘limda esa raqibdan ustunligini ko‘rsata olgan Srechko Katanets shogirdlari 72-daqiqada nihoyat hisobda oldinga chiqib olishdi. Shomurodovning zargarona pasini Oston O‘runov chiroyli harakatlari va zarbasi bilan g‘alaba goliga aylantirdi – 3:2.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki ikki turni ham g‘alaba bilan yakunlab, 6 ochko bilan hozircha turnir A guruhi peshqadamiga aylandi.

Guruhdagi dastlabki bahsda KXDR Qatar bilan durang (2:2) qayd etgan bo‘lsa, yana bir uchrashuvda BAA bugun Eronni qabul qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты