Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 8-turidan o‘rin olgan uchrashuv bugun, 25-mart kuni bo‘lib o‘tdi.
Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston MTJ Eronga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv maydon egalari faolligi ostida boshlangan bo‘lsa-da keyinchalik o‘zbekistonlik futbolchilar ustunlikni qo‘lga oldi. Bu esa 16-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Hojimat Erkinov Farruh Sayfiyevning uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozaga yo‘lladi va hisobni ochdi.
Shundan so‘ng eronliklar hujumlarni ko‘paytirdi, bu vaziyatlarda O‘zbekiston MTJ himoyachilari faol harakat qildi. Ikkinchi bo‘limga kelib mezbonlar yana faol harakat qildi. O‘zbekistonlik himoyachilar xatosidan so‘ng to‘p Taremiga kelib tushdi va uning darvoza tomon yo‘llagan zarbasi golga aylandi.
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Eron darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Abbosbek Fayzullayevning chamasi 35 metrlardan uzatma aralash zarbasi esa to‘ppa-to‘g‘ri darvoza to‘ridan joy oldi.
83-daqiqaga kelib Taremi yana bir bor hisobni tenglashtirdi. U o‘ziga uzatib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты