Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar reytingi yangilandi — u hamon peshqadam

Britaniyaning “Goal” nashri Qatarda davom etayotgan Jahon Chempionati yarim final uchrashuvlari yakunlariga koʻra, musobaqaning eng yaxshi oʻyinchilari reytingini yangiladi.

Avvalgi bosqichda boʻlganidek bu safar ham peshqadamlar uchligi oʻzgarmadi. Lionel Messi, Kilian Mbappe va Antuan Grizmann yetakchilar triosini tashkil etgan.

“Goal” talqiniga koʻra, JCH-2022ning eng yaxshi 10 futbolchisi:

1. Lionel Messi (Argentina);
2. Kilian Mbappe (Fransiya);
3. Antuan Grizmann (Fransiya);
4. Sofyan Amrabat (Marokash);
5. Ashraf Xakimi (Marokash);
6. Nikolas Otamendi (Argentina);
7. Xulian Alvares (Argentina);
8. Olivye Jiru (Fransiya);
9. Brunu Fernandesh (Portugaliya);
10. Risharlison (Braziliya).

Chorak final oʻyinlari bilan taqqoslaganda, yarim finaldan keyin Nikolas Otamendi, Xulian Alvares va Olivye Jiru oʻnlikka kira oldi. Oʻnlikdagi 8 futbolchi bosh sovrin uchun kurashishda davom etmoqda.

Avvalroq, Jahon chempionati yarim finalining eng yaxshi o'yinchisi va ramziy terma jamoasi aniqlangani, shuningdek, eng yaxshi futbolchi Argentina terma jamoasi vakili bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73002 | Инструменты