“Shaxtyor” – “Antverpen” uchrashuvi futbolchilar o‘rtasidagi mushtlashuv bilan yakunlandi
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan “Shaxtyor” va “Antverpen” futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Uchrashuv Gamburgdagi (Germaniya) “Folksparkstadion” stadionida bo‘lib o‘tdi va ukraina klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
To'qnashuv natijasida Antverpen futbolchisi Arbnor Muya qizil kartochka oldi. “Shaxtyor” darvozaboni Dmitri Riznik sariq kartochka bilan jazolandi.
“Shaxtyor” to‘qqiz ochko jamg‘arib, “H” guruhi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qoldi va shu yil bahorida yevrokubok yo‘llanmasini kafolatladi. Antverpen esa o'z navbatida oxirgi o'rinda. Belgiya klubi birorta ham ochko ololmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты