«Bavariya» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida rekord natija qayd etdi.
Myunxenliklar musobaqa 1-turida «Oklend Siti»ni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba musobaqa tarixidagi eng yirik hisobdagi g‘alaba sifatida qayd etildi.
Qayd etish lozim, bu yilgi turnir ilk bor 32 ta jamoa ishtirokida yangilangan formatda o‘tkazilmoqda.
Germaniya klubi vakili Kingsli Koman esa ushbu yangi formatdagi musobaqada kiritilgan ilk gol muallifi bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70205 | Инструменты