“Barselona” Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolash arafasida

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Madrid” klubi yarim himoyachisi Yannik Karrasko bilan bitim imzolashga yaqin turibdi.

Mahalliy “Sport.es” nashri xabariga koʻra, kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchini 2022-23-yilgi mavsum oxirida 20 million yevrodan kam summa evaziga sotib olishlari mumkin.

Belgiyalik futbolchi 2020-yilning sentyabridan buyon Madridning “Atletiko” klubida toʻp tepmoqda. Karrasko joriy mavsum klub safida barcha turnirlarda 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning “Atletiko” bilan kelishuvi 2024-yilning yoziga qadar moʻljallangan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70201 | Инструменты