Huawei 1
Afsonaviy nemis futbolchisi Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi

Germaniyalik afsonaviy futbolchi Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi.

Futbolchilik faoliyatida Bekkenbauer Germaniyaning “Bavariya” va “Gamburg” klublarida, shuningdek, Amerikaning “Nyu-York Kosmos” klublarida o‘ynagan. Hammasi bo'lib Frants klub darajasidagi barcha turnirlarda 620 ta o'yin o'tkazib, 74 ta gol va 75 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bekkenbauer, shuningdek, Germaniya terma jamoasi safida 103 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urgan, shuningdek, bir martadan jahon chempioni va Yevropa chempioni bo‘lgan.

Bundan tashqari, sobiq futbolchi ikki marta (1972 va 1976 yillarda) "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan, uch marta Chempionlar ligasida, besh marta Germaniya Bundesligasida, to'rt marta Germaniya kubogida g'olib chiqqan, shuningdek, bir marta Yevropa kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan. 

Shuningdek, 1990-yilda Germaniya terma jamoasida murabbiy sifatida Bekkenbauer jahon chempionatida g'olib chiqqan, "Bavariya"da esa bir marta Bundesliga va UEFA kubogini qo'lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga