O'zbekiston banklarida muammoli kreditlar ketma-ket ikkinchi oy kamaydi

Iyun oyida jami muammoli kreditlar salmog‘i (NPL) o‘tgan oyga nisbatan 336 mlrd so‘mga kamayib portfeldagi ulushi  3,4 foizni tashkil qilgan.  

Banklar kesimida "Milliybank"da 141 mlrd so‘mga, "O‘zsanoatqurilishbank"da 37 mlrd so‘mga "Asakabank"da 46 mlrd so‘mga, "Agrobank"da 53 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, QQB'da 17 mlrd so‘mga ko‘payish kuzatilgan.

Boshqa banklar tarkibida Ipoteka bank (+65 mlrd so‘m) ko‘paygan va  Ziraat bank (-27 mlrd), Davr bankda (-22 mlrd so‘m) kamayish kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20808 | Инструменты