Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi.
Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oyda $1,06 mlrdga oshib, $37,4 mlrdni tashkil etdi.
Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Xususan, o‘tgan oyda valyuta zaxiralari $781,5 mln kamayish bilan $7,68 mlrd bo‘lgan.
Bundan tashqari, o‘tgan oyda qimmatli qog‘ozlar tarkibidagi ko‘rsatkich biroz yangilangan holda $35,3 mlnni tashkil etgan.
Regulyatorning boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi $68,1 mlnga kamayib, $354,3 mlnni qayd etdi.
Shu bilan birga, boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori ham bir oy davomida $713,6 mlnga kamaydi, jami — $7,2 mlrd.
Iyun oyida mamlakat oltin zaxiralari qiymati rekord o‘rnatdi — o‘tgan oyga nisbatan $1,83 mlrdga oshib, $29,15 mlrdga yetdi.
Shuningdek, zaxiradagi oltinning fizik hajmi ham 400 minglik o‘sish bilan 12,1 mln troy unsiyani tashkil etdi.
Markaziy bankning qayd etishicha, oltin narxining $2 327,6dan $2 419,6gacha ko‘tarilishining ta’siri $1,11 mlrd bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты