Huawei 2
Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi

Joriy yilning 27-31-may kunlari Jahon banki G‘aznachiligi ekspertlarining texnik ko‘mak missiyasi bo‘lib o‘tdi.

Missiya davomida xalqaro zaxiralarni boshqarishda diversifikatsiyaning ahamiyati, jumladan, xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlarni zaxiralar tarkibiga kiritish, xatarlarni baholash hamda Markaziy bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari ish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha maxsus treninglar o‘tkazildi.

Xususan, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritishda risklarni boshqarish, savdo va hisob-kitob amaliyotlarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va komplayens-nazoratni amalga oshirish masalalari yuzasidan malaka oshirildi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixida ilk bor Markaziy bank zaxiralarini diversifikatsiya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarga birlamchi investitsiya kiritish amaliyotlari o‘tkazildi hamda tegishli portfellar shakllantirildi.

Missiya yakunida Jahon banki G‘aznachiligi ekspertlarining xalqaro zaxiralarni boshqarish va tegishli tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari olindi hamda zaxiralar tarkibiga yangi moliyaviy instrumentlarni kiritishni davom ettirish va Markaziy bank xodimlari malakasini oshirishga doir kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga