Huawei 1
“Hamkorbank”dan Overdraft - 26% dan 12 oygacha qulay kredit

Zamonaviy bank xizmatlarini taklif etish, mijozlar ehtiyojlarini to'liq qondirish, ular tomonidan bildirilayotgan taklif va e'tirozlardan tegishli hulosa qilgan holda bank xizmatlarini joriy etish – bugungi bank tizimining ustuvor vazifalaridan biri xisoblanadi. Mamlakatimiz raxbarining joriy yildagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida ham ushbu masalalarga aloxida e'tiborga qaratilgan.

Shundan kelib chiqqan holda “Hamkorbank” ATB aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida qator yangi va innovatsion bank xizmatlarini taqdim etmoqda. Aytish kerakki, ayni payt “Hamkorbank” ATB yurtimiz aholisi uchun iste'mol, ipoteka, avto, overdraft kabi kreditlar va mikrokarz xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

Agarda e'tibor qaratsak, ushbu kredit turlari orasida jismoniy shaxslar tomonidan ko'p murojaat qilinayotgan va keng ommalashgan kredit - bu overdraftdir. Overdraft o'zi nima va qanday ishlaydi degan savol tug'ilishi tabiiy. Agarda siz ushbu kreditni olsangiz tovarlar, ish, xizmatlar uchun to'lovlarni bajarishda bank plastik kartangizda mablag' yetmasa, avtomatik tarzda shu kreditdan foydalanishingiz mumkin. Ya'ni kartangizda pul qolmagan bo'lsa ham siz olgan kreditin bilan xaridni amalga oshira olasiz. Overdraft xar qanday maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin. Ajratilayotgan kredit miqdori kredit oluvchining o'rtacha 3 oylik ish haqqi miqdorigacha, 12 oygacha bo'lgan muddatga ajratiladi. Yillik foiz stavkasi esa – 26 %.

Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, overdraft kreditni qaytarish ish haqi, pensiya yoki boshqa mablag'larni bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi. Overdraft foizlar o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda bank kreditlashni to'xtatadi va ularni qaytarish choralarini ko'radi.

Bir so'z bilan aytganda, “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki axoliga yanada kulayliklar yaratish maksadida yangi xizmatlarni joriy etishda davom etmoqda. Bu esa xizmat qo'rsatish jarayonlarida vaqt, mablag' va ishchi kuchini optimallashtirish imkoniyatini berayapti.

Izohlar: 15
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Umarov Baxtiyor
    0
    Umarov Baxtiyor 5 yil avval

    Kredit qaysi maqsadlarda beriladi

  • Наргиза
    -7
    Наргиза 5 yil avval

    не могу взять кредит помогите пожалуста

  • Мухлиса
    23
    Мухлиса 5 yil avval

    мен кандай килиб кредит олсам булади

  • rhilola34@gmail.com
    12
    Rhilola34 6 yil avval

    Толка на онлайн кредит

  • rhilola34@gmail.com
    4
    Rhilola34 6 yil avval

    Я могу взять кредит для бизнеса


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81723 | Инструменты