Huawei 1
"Biz kursni prognoz qilmaymiz, biz kursga taʼsir qiladigan omillarga sharh beramiz" - Mamarizo Nurmurodov

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazdi

Unda Markaziy bank raisi O'zbekistonda dollar rasmiy kursi ko'tarilyotganiga izoh berdi. 

"Biz kursni prognoz qilmaymiz, biz kursga taʼsir qiladigan omillarga sharh beramiz. Hozircha salbiy omillarni ko‘rmayapmiz. Lekin o‘zgaruvchan geosiyosiy sharoitlarda uzoq muddatli istiqbolda baho berish imkonsiz. 

Dollar kursining oshishiga asosiy sabab valyutaga bo‘lgan talab oshishi (I chorakda 17 foizga oshgan). Buni hammasini importga bog‘lay olmaymiz. Misol uchun tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar ham bor", - deya aytib o'tdi Mamarizo Nurmurodov

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga