Huawei 2
"Anʼanaviy davlatlardan pul oʻtkazmalari qisqarishi davom etmoqda. Boshqa mamlakatlardan kelayotgan pul oʻtkazmalarining esa oshishi kuzatilmoqda" - Markaziy bank raisi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazdi

Markaziy bank raisi anʼanaviy davlatlardan pul oʻtkazmalari qisqarishi davom etayotganini, boshqa mamlakatlardan kelayotgan pul oʻtkazmalarining esa oshishi kuzatilyotganini qayd etdi. 

"Investitsiyalarning oshishi va oʻtgan yilgi bir martalik oʻsishdan keyin barqarorlashgan importning maqbullashishi hisobiga milliy valyuta kursiga bosimlar yumshashi kutilmoqda. Anʼanaviy davlatlardan pul oʻtkazmalari qisqarishi davom etmoqda. Boshqa mamlakatlardan kelayotgan pul oʻtkazmalarining esa oshishi kuzatilmoqda.

Investitsiyalarning oshishi va oʻtgan yilgi bir martalik oʻsishdan keyin barqarorlashgan importning maqbullashishi hisobiga milliy valyuta kursiga bosimlar yumshashi kutilmoqda. Asosiy stavka va pul bozoridagi stavkalarning korrelyatsiyasi oshib bormoqda, bogʻliqlik 0,9 koeffitsiyentgacha koʻtarilgan.

Markaziy bank ixtiyorida byudjet defitsitini kamaytirishga taʼsir oʻtkazadigan bevosita vositalar mavjud emas. Markaziy bank bu boʻyicha oʻz xavotirlarini hukumatga kiritib boradi.

Moliya vazirligining ichki bozordan obligatsiyalar orqali qarz jamgʻarishi imkoniyatlari cheklangan, obligatsiyalar chiqarish asosan birinchi chorakda oʻsish xarakteriga ega", - deya ta'kidladi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga