100 ming dollarlik kupyurani ko‘rganmisiz? Eng qizig‘i, uni hali ham savdoda ishlatish yoki bankda maydalash mumkin
AQSHdagi eng katta banknota qaysi bilasizmi? 100 deb o'ylaysizmi? Siz adashyapsiz. Kattaroqlari bor - 500, 1000, 5000 va 10.000, ammo eng katta nominal qiymati 100000 dollarni tashkil etadi.
100 minglik kupyura birinchi marta 1934 yilda bosilgan. Kupyuraning old tarafida AQShning 28-prezidenti Tomas Vudro Uilson tasvirlangan. Buning o‘ziga yarasha sababi bor.
Uilson Versal shartnomasi va Millatlar Ligasining tashkil etilishida muhim rol o'ynagan. Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Va eng muhimi, uning prezidentlik davrida AQShda banknotalarni chiqaradigan Federal zaxira tizimi yaratilgan.
Jami 42 mingta 100 minglik kupyura muomalaga chiqarilgan. Ammo ular asosan banklar o'rtasida hisob-kitob qilish uchun ishlatilgan, shuning uchun 100 minglik kupyurani ko'rganlar juda kam.
1969 yilda Richard Nikson 100 dollardan yuqori bo'lgan barcha kupyuralarni chiqarishni taqiqladi. Bugungi kunimizgacha 7 ta 100 minglik kupyura saqlanib qolgani ma'lum, shuning uchun ular kolleksionerlar o‘rtasida yuqori qiymatga ega.
Eng qizig‘i, 100 ming dollarlik kupyurani hali ham savdoda ishlatish yoki bankda maydalash mumkin. Chunki AQSHda Federal zaxira tizimi tomonidan chiqarilgan barcha banknotalar qonuniy to'lov vositasi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32504 | Инструменты